Lavashdan konvertlar
Pishloq 150gr
Yupqa lavash 2 ta
Krab 100gr
“Щедрое лето” Provansal mayonezi 4 osh qoshiq
Ukrop
Petrushka
Tuxum 2 dona
Ta’bga ko’ra tuz
Qo’vurish uchun yog’
Kerakli masalliqlar
  • Lavash xamirimizni 6 bo’lakka bo’lib olamiz.
  • Pishloqni yirik qirg’ichdan o’tkazib olamiz.
  • Ko’katlarni ham yaxshilab maydalab tog’rab olamiz.
  • Krabni ham maydalab to’g’rab olamiz.
  • Idishimizga pishloq, ko’katlar, krabni solamiz. Ketidan “Щедрое лето” Provansal mayonezini solib aralashtiramiz. U qaylaga noodatiy maza beradi.
  • Kesilgan lavash xamirimiz o’rtasiga qayladan solib chiqamiz.
  • Keyin esa lavashni konvert shaklida o’rab olamiz.
  • Alohida idishda tuxumga tuz qo’shib atalavolamiz.
  • Har bir konvertni atalangan massaga belab olamiz.
  • Qizib turgan tovaga yog’ solib konvertni o’rta olovda tilla rang bo’lgunicha qizartirib olamiz.
  • Qizargan konvertlarni salfetka ustiga qo’yamiz, bunda salfetka ortiqcha yog’larni o’ziga oladi.

    Issiqligida dasturxonga tortamiz, “Щедрое лето” Provansal mayonezida qilingan qayla bilan yanayam o’zgacha bo’ladi.
Yoqimli ishtaha!