Shaurma
Lavash xamiri 1 dona
Tovuq filesi 180 gr
Karam 100 gr
Tuzlangan bodring 1 dona
Kichkina pomidor 1 dona
Limon sharbatli “Щедрое лето” mayonezi 3-4 osh qoshiq
1-2 bo’lak sarimsoq piyoz
Tuz va maydalangan qora murch ta’bga ko’ra
O’simlik yog’i 1 osh qoshiq
Kerakli masalliqlar
  • Karamni ingichka qilib to’g’rab olamiz va tuz bilan aralashtirib olib qo’yamiz.
  • Tuzlangan bodringni ham ingichka qilib tog’rab olamiz, pomidorni esa pare-pare qilib tog’rab olamiz, bu mahsulotlar shaurmaga ajoyib maza beradi.
  • Hamma tog’ralgan masalliqlarimizni idishga solib maydalangan sarimsoq piyoz qo’shamiz, va limon sharbatli “Щедрое лето” mayonezi bilan aralashtiramiz.
  • Tovuq fileyimizga tuz va murch sepib, qizib turgan yog’da tilla rang bo’lgunicha qovurib olamiz.
  • Fileyimiz pishib sovugandan keyin ingichka qilib tog’rab olamiz.
  • Lavash xamirimizga limon sharbatli “Щедрое лето” mayonezini surtib olamiz. U taomga qo’shimcha maza beradi.
  • Lavash ustiga sabzavotli qaylamizni va fileyimizni qo’yamiz va lavashni yaxshilab o’raymiz.
  • Xohishga ko’ra tayyor lavashni qizib turgan yog’da qo’vurish ham mumkin tilla rang bo’lgunicha.

  • 1. Karamni ingichka qilib to’g’rab olamiz va tuz bilan aralashtirib olib qo’yamiz.
  • 2. Tuzlangan bodringni ham ingichka qilib tog’rab olamiz, pomidorni esa pare-pare qilib tog’rab olamiz, bu mahsulotlar shaurmaga ajoyib maza beradi.
  • 3. Hamma tog’ralgan masalliqlarimizni idishga solib maydalangan sarimsoq piyoz qo’shamiz, va limon sharbatli “Щедрое лето” mayonezi bilan aralashtiramiz.
  • 4. Tovuq fileyimizga tuz va murch sepib, qizib turgan yog’da tilla rang bo’lgunicha qovurib olamiz.
  • 5. Fileyimiz pishib sovugandan keyin ingichka qilib tog’rab olamiz.
  • 6. Lavash xamirimizga limon sharbatli “Щедрое лето” mayonezini surtib olamiz. U taomga qo’shimcha maza beradi.
  • 7. Lavash ustiga sabzavotli qaylamizni va fileyimizni qo’yamiz va lavashni yaxshilab o’raymiz.
  • 8. Xohishga ko’ra tayyor lavashni qizib turgan yog’da qo’vurish ham mumkin tilla rang bo’lgunicha.
Endi esa sizning shaurmangiz tayyor! Judayam mazali va noodatiy shurma hech kimning ko’zidan chetda qolmaydi. Va albatta limon shartbatli "Щедрое лето" mayonezi bu retseptga o’zgacha maza berdi

Yoqimli ishtaha!