“Мужской каприз” salati
Mol goʻshti (qaynatilgan) 200 gr
Piyoz 1 dona
Tuxum 3 dona
Pishloq 100 g
Uksus 3 osh qoshiq
Shakar 1 choy qoshiq
Bedana tuxumli “Щедрое лето” mayonezi 3 osh qosh
Ta'bga ko'ra tuz
Kerakli masalliqlar
  • Mol goʻshtini va tuxumni oldindan qaynatib olamiz.
  • Goʻsht va tuxumni somoncha shaklida to’g’rab olamiz.
  • Piyozni ikkiga bo’lib pare-pare qilib to’g’rimiz. Uksus va shakarni aralashtirib to’g’ralgan piyoz ustiga quyib 10 daqiqaga chetga olib qo’yamiz. Bu piyoz achchiqligini olib tashlashga yordam beradi.
  • Pishloqni qirg’ichdan chiqarib olamiz.
  • Idishimizaga hamma to’g’ralgan maxsulotlarimizni va marinovka bo’lgan piyozimizni solamiz.
  • “Щедрое лето”ning bedana tuxumli mayonezini solib yaxshilab aralashtiramiz, bu mayonezimiz juda quyuq bo’ladi, uzoq vaqt davomida bayramona koʻrinish berishga yordam beradi.
  • Ustidan ta’bga ko’ra qirg’ichdan chiqarilgan pishloqni sepamiz. Salatini 1-2 soatga muzlatgichda qoldiramiz, xohishga ko’ra dekor qilib dasturxonga tortamiz!

  • 1. Mol goʻshtini va tuxumni oldindan qaynatib olamiz.
  • 2. Goʻsht va tuxumni somoncha shaklida to’g’rab olamiz.
  • 3. Piyozni ikkiga bo’lib pare-pare qilib to’g’rimiz. Uksus va shakarni aralashtirib to’g’ralgan piyoz ustiga quyib 10 daqiqaga chetga olib qo’yamiz. Bu piyoz achchiqligini olib tashlashga yordam beradi.
  • 4. Pishloqni qirg’ichdan chiqarib olamiz.
  • 5. Idishimizaga hamma to’g’ralgan maxsulotlarimizni va marinovka bo’lgan piyozimizni solamiz.
  • 6. “Щедрое лето”ning bedana tuxumli mayonezini solib yaxshilab aralashtiramiz, bu mayonezimiz juda quyuq bo’ladi, uzoq vaqt davomida bayramona koʻrinish berishga yordam beradi.
  • 7. Ustidan ta’bga ko’ra qirg’ichdan chiqarilgan pishloqni sepamiz. Salatini 1-2 soatga muzlatgichda qoldiramiz, xohishga ko’ra dekor qilib dasturxonga tortamiz!
Salatimiz tayyor! Bedana tuxumidan tayyorlangan "Щедрое лето" mayonezi salatning ta'mini nihoyatda yumshoq va o’zgacha qiladi. Yoqimli ishtaha!